Bahodir Ahmedov: "E’tiborni Iroqqa qarshi o‘yinga qaratamiz"

Bahodir Ahmedov: "E’tiborni Iroqqa qarshi o‘yinga qaratamiz"
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati yarim finalida Eronga qarshi bahs olib bordi va 1:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan keyin Bahodir Ahmedov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Eron bugun kuchli o‘yin namoyish qildi. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmadi, ammo ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik. Mag‘lubiyatdan afsusdaman, albatta. Endi e’tiborni 3-o‘rin uchun bahsga qaratamiz va Iroqqa qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz”, – dedi Bahodir Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, Iroq – O‘zbekiston uchrashuvi 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.