Yevropa Ligasi. Bugun 1/16 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi

Yevropa Ligasi. Bugun 1/16 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi
Bugun Yevropa Ligasi musobaqasining 1/16 final bosqichi davom ettiriladi.

Qozog‘istonning “Astana” klubi o‘zida “Sporting”ni qabul qilsa, Dortmundning “Borussiya”si “Atalanta”ni mehmon qiladi.

Hamyurtimiz Vitaliy Denisovning jamoasi “Lokomotiv” Fransiyaga safar qiladi va “Nitssa”ga qarshi bahs yuritadi. Moskvaning “Spartak” klubi esa o‘z maydonida “Atletik”ni imtixondan o‘tkazadi. Qishki transfer mavsumida o‘z safini kuchaytirib olgan “Arsenal” Shvetsiyada “Estersund” bilan o‘ynaydi.

YeChL guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok eta oolmagan “Atletiko” YeL bosh sovrini uchun kurashda “Kopengagen” qarshiligini yengishga urinib ko‘radi. Shuningdek, “Napoli” – “RB Leypsig” uchrashuvi ham ko‘pchilikning diqqat markazida turibdi.

Shu va boshqa uchrashuvlar taqvimi bilan tanishing:
Yevropa Ligasi. Bugun 1/16 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.