Lukaku «Manchester Yunayted»ni keyingi bosqichga olib chiqdi

Lukaku «Manchester Yunayted»ni keyingi bosqichga olib chiqdi
«Manchester Yunayted» Angliya Kubogining nimchorak finalida «Haddersfild Taun»to‘sig‘idan o‘tdi. Haddersfilddagi «Jon Smit» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 3-daqiqasida Romelu Lukaku va Xuan Mata kombinatsiyasi belgiyalik hujumchining goli bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘lim boshida Lukaku Aleksis Sanches bilan devor uslubida o‘ynadi va chililik futbolchi Romeluni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi - 2:0.

«MYu» turnirning 1/4 finaliga yo‘l oldi, «Haddersfild» turnirni tark etdi.

Angliya Kubogi
1/8 final
Haddersfild – Manchester Yunayted 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar:
0:1 – 3 Lukaku, 0:2 – 55 Lukaku.
Haddersfild – Lessl, Kongolo (Meloun, 70), Yorgensen, Xaderdjonay (Smit, 70), Shindler, Ins, Billing, Uilyams, van La Parra (Sabiri, 84), Mune, Kvaner.
Manchester Yunayted – Romero, Lindelef, Shou, Smolling, Yang, Maktomini, Mata (Lingard, 81), Kerrik, Matich, Sanches (Marsiyal, 75), Lukaku (Bayi, 90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.