Bugun 17:30. "Zob Ahan" - "Lokomotiv"

Bugun 17:30. "Zob Ahan" - "Lokomotiv"
Bugun, 19 fevral kuni Osiyo Chempionlar Ligasida 2-tur uchrashuvlari start oladi.
O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” bu turda Eronning “Zob Ahan” klubi mehmoni bo‘ladi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda \"Al Vahda\" va \"Al Duhail\" to‘qnash kelishadi. Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:50da start oladi.

Birinchi turda Eron klubi Qatarda \"Al Duhail\"ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ygandi. \"Lokomotiv\" esa o‘z uyida BAAning \"Al Vahda\" klubini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

OChL-2018
\"B\" guruhi. 2-tur

Isfahon, Eron. \"Fuladshahr\" stadioni
\"Zob Ahan\" (Eron) – \"Lokomotiv\" (O‘zbekiston)

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Huo Veiming (Xitoy) va Vang Deksin (Xitoy)
To‘rtinchi hakam: Masud Tufayliyeh (Suriya)
Uchrashuv komissari: Anvarul Huq (Bangladesh)
Hakamlar nazoratchisi: Kadhum Auda Lazim Al Saidi (Iroq)

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.