Valverde: “Messi ijrosida barcha narsani ko‘rdim deb o‘ylasang, u yana hayratga soladi”

Valverde: “Messi ijrosida barcha narsani ko‘rdim deb o‘ylasang, u yana hayratga soladi”
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya chempionatining 25-turida “Jirona” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (6:1) jamoa yetakchisi Lionel Messi sha’niga iliq so‘zlar bitdi.

\"Messi dubl va golli uzatmaga erishdi, Koutino - gol va golli uzatma, Dembele esa golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

\"Messi uchun hammasi yengilday ko‘rinadi, ammo bunday emas. Uni mehnatini baholash qiyin. Uning ijrosida barcha narsani ko‘rib bo‘ldim deganingda, u yana seni hayratga soladi.

Kuotino va Dembelega kelsak, ulardan umidimiz katta.Koutino markazda yaxshi harakat qildi va fantastik gol urdi, Dembele hali yosh, jarohati tufayli moslashish jarayonini o‘tkazib yubordi, unga vaqt kerak\", - deydi Valverde.

Manba: stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.