Asensio nega “Alaves”ga qarshi bahsni o‘tkazib yubordi?

Asensio nega “Alaves”ga qarshi bahsni o‘tkazib yubordi?
“Real” yarim himoyachisi Marko Asensio “Alaves”ga qarshi LaLiganing 25-tur uchrashuvida ishtirok etmadi.

Futbolchi bugun yana mashg‘ulotlarda ishtirok eta boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Asensio aql tishini olib tashlagani uchun o‘yinda maydonga tusha olmagan.

Joriy mavsum yarim himoyachi LaLiganing 21ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.