Ronaldu: “O‘zimni shaxzoda deb bilmayman, lekin o‘zimga yoqaman” (video)

Ronaldu: “O‘zimni shaxzoda deb bilmayman, lekin o‘zimga yoqaman” (video)
“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu YouTube tarmog‘idagi Desimpedidos kanaliga bergan intervyusida bo‘sh vaqtida o‘zining tashqi ko‘rinishi uchun qancha vaqt sarflashi haqida aytib o‘tdi.

“Fikrimcha kelishgan bo‘lish uchun, inson eng avvalo o‘ziga yoqishi kerak. Hammasidanam o‘ziga bo‘lgan ishonch bo‘lishi hamda o‘z qadrini bilishi lozim. O‘zimni shaxzoda deb bilmayman, lekin o‘zimga yoqaman. Oynaga qaragan vaqtimda, nimani ko‘rsam o‘sha menga yoqadi. Menga o‘zimga tikilib qarash va o‘zimni kuzatish yoqadi”.

“Uydaligimda o‘zimga yoqqan ishlar bilan shug‘ullanishni yoqtiraman. Odatda futbol ko‘rmayman, kamdan-kam futbol ko‘raman. Faqatgina yaqin do‘stimning jamoasi o‘ynayotgan bo‘lsa yoki juda ham muhim o‘yin bo‘lsa masalan derbini istisno tarzda ko‘rishim mumkin. Hujjatli filmlar, seriallar ko‘rishni yoqtiraman. Parij, London, Portugaliyaga konsertlarga borish yoqadi”.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.