«Barselona» safarda «Real»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi (Video)

“Barselona” klubi safarda “Real”ga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvda kataloniyaliklar to‘laqonli ustunlik o‘rnata oldilar. Birinchi bo‘limda Suares, Neymar va Inesta gol kiritishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Luis Suares dublga erishdi. Lionel Messi ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi, ammo gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.
O‘z navbatida \"Barselona\" darvozaboni Bravo ham bir qator xavfli vaziyatlarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
Real Madrid – Barselona 0:4
Gollar: 0:1 – 11 Suares, 0:2 – 39 Neymar, 0:3 – 53 Inesta, 0:4 – 74 Suares.
Real – Navas, Varan, Marselo (Karvaxal, 59), Danilo, Ramos, Xames (Isko, 55), Kroos, Modrich, Beyl, Ronaldu, Benzema.
Barselona – Bravo, Pike, Alba, Dani Alves, Rakitich (Messi, 57), Buskets, Inesta (Munir, 77), Maskerano (Mate, 27), Serdji Roberto, Neymar, Suares.
Ogohlantirishlar: Xames (23), Dani Alves (31), Ramos (51), Karvaxal (83).
Chetlatish: Isko (84).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.














