Ronaldu: «Real»dan yo men ketaman, yoki Benites

Ronaldu: «Real»dan yo men ketaman, yoki Benites
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «qaymoqranglilar» rahbariyatini jamoa bosh murabbiyi Rafael Benitesni ishdan bo‘shatishga chaqirdi, deb xabar qiladi «Chempionat».

Portugaliyalik futbolchi va mutaxassis o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emasligi haqida oldin ham matbuotda ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Bir hafta oldin Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peres bilan suhbatda «Benites bilan ‘Real’ hech qanday sovrin yuta olmaydi», degandi.

Ispaniya chempionatining 12-turidagi «Barselona»ga (0:4) qarshi uchrashuvdan keyin esa Ronaldu Peresga ultimatum qo‘ydi: «Yo men, yoki Benites!».

Manba: Daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.