Ro‘ziqul Berdiyev: “Dragan Cheran Qatarga ketadi”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Dragan Cheran Qatarga ketadi”
Bugun O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasida Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. Mazkur uchrashuvda “ajdarlar” 3:1 hisobi raqibdan ustun kelishdi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Qarshi klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jumladan, Ro‘ziqul Sa’dullayevich jarohat olgan Dragan Cheranning ahvoli borasida ham ma’lumot berib o‘tdi.

\"Hujumchimiz ayni paytda uyida muolaja olayapti. Biz u bilan aloqada bo‘lib turibmiz. U ertaga Qatarda bo‘ladi va navbatdagi o‘yinga tayyor. Aslida uni tezroq maydonga qaytishi uchun yurtiga yuborgan edik.

Chunki, u yerda bu jarohatlarni tez davolaydigan mutaxasislar ko‘p. U bizga kerak, ketma-ket og‘ir o‘yinlarni o‘tkazayapmiz, u buni yaxshi anglab turibdi“
, - deb aytib o‘tdi ”Nasaf\" ustozi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.