Andrey Miklyayev: "Nima ham derdik, bu - futbol"

Andrey Miklyayev: "Nima ham derdik, bu - futbol"
“Navbahor” – “Lokomotiv” (2: 0) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Loko” ustozi Andrey Miklyayev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi. Bu haqda \"Lokomotiv\" matbuot xizmati xabar bermoqda.

\"Bugun stadionda ajoyib atmosfera bo‘ldi. Muxlislarning bunday qo‘llab-quvvatlashi ostida har qanday jamoa ham o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga urinadi. Bugun biz yomon o‘ynamadik. Lekin vaziyatlarni unumli yakunlashda omadimiz kelmadi. Afsuski, so‘nggi bir nechta o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Aslida bugun g‘alaba qozonsak ham bo‘lardi. Biroq raqib bizni qarshi hujumlarda jazolab ketdi. Nima ham derdik, bu – futbol. Kelasi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga urinamiz\", - dedi tajribali mutaxassis.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.