Terma jamoamiz a’zolari Marokashga yetib bordi (foto)

Terma jamoamiz a’zolari Marokashga yetib bordi (foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaning Istanbul shahriga yetib borgani va u yerda mashg‘ulot ham o‘tkazgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun milliy terma jamoa a’zolari Istanbul – Kasablanka yo‘nalishi bo‘ylab Marokashga yetib bordi. Uzoq muddatli parvozni amalga oshirgan futbolchilar Kasablanka shahridagi “Farah Casablanca” mehmonxonasiga joylashishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Terma jamoamiz a’zolari Marokashga yetib bordi (foto)
Ertadan terma jamoamiz a’zolari Marokashdagi ilk mashg‘ulotlarga kirishishadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ 23 mart kuni Senegalga qarshi, 27 mart kuni esa Marokashga qarshi bahs olib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.