Ravshan Haydarov: “Bo‘lajak uchrashuvlarda g‘alaba qozonib muxlislarni xursand qilmoqchimiz”

Ravshan Haydarov: “Bo‘lajak uchrashuvlarda g‘alaba qozonib muxlislarni xursand qilmoqchimiz”
Farg‘onaga yetib kelgan Osiyo chempionlari katta tantana bilan kutib olindi.

Kutib olish marosimida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Keniya OTJga qarshi bo‘lajak o‘yinlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

\"Farg‘onalik futbol ixlosmandlari bizni yuqori darajada kutib olishdi. Buning uchun ularga katta rahmat.

23 va 26 mart kunlari Keniya olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazamiz. Bu o‘yinlarga jiddiy tayyorganlik ko‘rdik.

26 mart kuni “Istiqlol” stadioni xuddi 2015 yilgi Yangi Zelandiya bilan bo‘lgan uchrashuvdagi kabi to‘lib-toshishiga ishonamiz. Vodiyda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Biz ham chiroyli o‘yinimiz va g‘alabalarimiz bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz\", - deydi Ravshan Haydarov.

Manba: www.the-uff.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.