Bugun O‘zbekiston va Keniya olimpiya terma jamoalari o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston va Keniya olimpiya terma jamoalari o‘ynaydi
Ayni damda Andijonda bo‘lib turgan futbol bo‘yicha Keniya olimpiya terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

O‘yin Sport-TV orqali jonli translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Birinchisi bugun bo‘lib o‘tsa, ikkinchisi 26 mart sanasida Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.