Ronald Kuman: "Gollandiya endi eng zo‘rlardan biri emas"

Ronald Kuman: "Gollandiya endi eng zo‘rlardan biri emas"
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Portugaliyaga qarshi bugungi o‘rtoqlik o‘yinidan oldin fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, gollandlar yaqindagina Angliyaga imkoniyatni boy berishgan edi. O‘sha bahsda yagona to‘pni inglizlar vakili Jessi Lingard kiritgan edi.

\"Ko‘rinib turibdi, Gollandiya terma jamoasi endi eng zo‘rlardan biri emas. Biz yuqoriga ko‘tarilish uchun yangi yo‘l qidirishimiz kerak. Biz hozirning o‘zidayoq boshqacha sxemada o‘ynayapmiz. Men portugallar bilan o‘yin biz uchun Angliyaga qarshi bahsdan yaxshiroq bo‘ladi deb o‘ylayapman\", - dedi Kuman.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.