Fransiya Liga kubogi. "PSJ" finalda "Monako"ni yirik hisobda yengdi (video)

Fransiya Liga kubogi. "PSJ" finalda "Monako"ni yirik hisobda yengdi (video)
Fransiya Liga kubogining final uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. \"PSJ\" hamda \"Monako\" o‘rtasida kechgan bahs parijliklarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi – 3:0.

8-daqiqada Kavani penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 21-daqiqada Di Mariya jamoasining ikkinchi golini kiritdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganida Kavani dublga erishib, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.

\"PSJ\" Fransiya Liga kubogini qatorasiga 5-marotaba, umumiy hisobda esa 8-marotaba g‘olib bo‘ldi.

PSJ – Monako 3:0

Gollar:
1:0 – 8, penalti Kavani, 2:0 – 21 Di Mariya, 3:0 – 85 Kavani.
PSJ – Trapp, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti (Lo Chelso, 70), Rabo, Draksler (Diarra, 81), Di Mariya (Pastore, 52), Mbappe, Kavani.
Monako – Subashich, Glik, Radji, Sidibe, Jemerson, Fabino, Tilemans (Yovetich, 46), Moutinyu (Gezzal, 80), Lopesh (Diakabi, 73), Lemar, Falkao.
Ogohlantirishlar: Glik (31), Falkao (65), Radji (75).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.