Superliga. "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" o‘yiniga kirish bepul

Superliga. "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" o‘yiniga kirish bepul
\"Lokomotiv\" Superliga 5-turida \"Qo‘qon-1912\"ni qabul qiladi. Stadionga yanada ko‘proq muxlislar jalb etish, ularga yanada ko‘proq qulayliklar yaratishga intilayotgan \"Lokomotiv\" PFK mazkur uchrashuvga muxlislarning bepul tarzda kirishlarini ta’minlashga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

7 aprel kuni soat 18:00da \"Lokomotiv\" stadionida start oladigan uchrashuvni bevosita o‘yingohdan kuzatishni maqsad qilgan barcha muxlislar \"Lokomotiv\" stadioni kassalariga murojaat qilishlari mumkin. Kassada ularga 1-8 sektorlar uchun bepul biletlar taqdim qilinadi.

Qolaversa, stadionga tashrif buyuradigan barcha ishqibozlar klub do‘konlaridan jamoamiz libos hamda atributlarini harid qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.