Rasman! Sergey Lushchan «Sug‘diyona» bosh murabbiyi

Rasman! Sergey Lushchan «Sug‘diyona» bosh murabbiyi
Avvalroq, Jizzaxning “Sug‘diyona” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov iste’foga chiqarilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 7 aprel kuni “So‘g‘diyona” klubi rahbariyati tajribali murabbiy Sergey Ivanovich Lushchan bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Sergey Lushchan murabbiylik faoliyatini 2011 yil “Bunyodkor” yoshlar klubida boshlagan. 2014 yil O‘zbekiston U-19 terma jamoasida bir mavsum ishlagan. Bundan tashqari, “Bunyodkor” klubining asosiy tarkibini uch yil davomida boshqargan.

Endilikda “Sug‘diyona” Lushchan qo‘l ostida Superliganing kelasi o‘yini “Navbahor”ga qarshi tayyorgarlik ko‘radi.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.