APL. "MYu"dan fantastik "qaytish" yoxud "Siti"ning chempionligi kechiktirildi (video)

APL. "MYu"dan fantastik "qaytish" yoxud "Siti"ning chempionligi kechiktirildi (video)
Hozirgina Angliya Premer-ligasi 33-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu o‘yinda “shaharliklar” 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsalarda, yakunda “qizil iblislar” 3 ta gol kiritib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi va “Manchester Siti”ning champion bo‘lishi yana bir turga kechikadigan bo‘ldi.

Angliya Premer-ligasi. 33-tur
Manchester Siti – Manchester Yunayted 2:3 (2:0, 0:3)

Gollar:
1:0 – 25 Kompani, 2:0 – 30 Gyundogan, 2:1 – 53 Pogba, 2:2 – 55 Pogba, 2:3 – 69 Smolling.

Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Kompani, Danilo, Sterling, Gyundogan (Aguero, 76), Bernardu Silva (Gabriel Jezus, 72), Silva (de Bryuyne, 72), Sane, Fernandino, Delf.

Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Smolling, Valensiya, Yang, Pogba, Matich, Lingard (Maktomini, 85), Errera, Sanches (Reshford, 82), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Errera (37), Lukaku (45), Sterling (63), Fernandino (79), Aguero (79), Pogba (81), Danilo (90), Kompani (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.