«Bavariya» yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

«Bavariya» yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi
«Bavariya» klubida bosh murabbiy o‘zgaradi.

2018 yilning 1 iyulidan boshlab myunxenliklarni «Ayntraxt» klubining yangi bosh murabbiyi Niko Kovach boshqaradi. Bu haqda klub sport direktori Hasan Salihamidjich klub telekanali efirida ma’lum qilgan.

«Bavariya» xorvatiyalik murabbiy bilan uch yillik kelishuvga erishgan.

Avvalroq «Bavariya» Kovachni qo‘yib yuborishlari uchun «Ayntraxt»ga 2,2 million yevro to‘lagani haqida xabarlar chiqqan edi.

2016/17 yilgi mavsumda «Ayntraxt» Kovach qo‘l ostida Germaniya chempionatida 11-o‘rinni egallagan, hozirda esa 46 ochko jamg‘argan holda beshinchi pog‘onada bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.