APL. «Chelsi» super-iroda namoyish etib, «Sauthempton»ni yengdi (video)

APL. «Chelsi» super-iroda namoyish etib, «Sauthempton»ni yengdi (video)
Angliya Premer-Ligasi 34-turida «Chelsi» safarda «Sauthempton» mehmoni bo‘ldi. Mezbonlar amaldagi chempionga jiddiy qarshilik ko‘rsatib, 60-daqiqada 2:0 hisobida oldinda borishayotgan edi. Shundan so‘ng, Antonio Konte maydonga Olive Jiruni tushirdi.

Bu esa o‘yin yo‘nalishini umuman o‘zgartirib yubordi. «Chelsi» 8 daqiqa ichida uchta gol urib, g‘alabani ilib ketishga erishdi. Jiru gollardan 2 tasiga mualliflik qildi. Bu natijadan so‘ng, «Chelsi» 60 ochko bilan 5-o‘rinda boryapti. «Sauthempton» 28 ochko bilan 18-o‘rinda qoldi.

APL, 34-tur
Sauthempton – Chelsi - 2:3
14 aprel, «Sent-Meris» stadioni
Gollar:
1:0 – 21 Tadich, 2:0 – 60 Bednarek, 2:1 – 70 Jiru, 2:2 – 75 Azar, 2:3 – 78 Jiru.
Sauthempton – Makkarti, Soaresh, Bednarek, Bertran, Xudt, Uord-Prouz (Ostin, 79), Romeu, Tadich (Sims, 83), Xeyberg, Yosida, Long.
Chelsi – Kurtua, Keyxill, Kristensen, Alonso, Aspilikueta, Villian, Fabregas, Azar (Mozes, 86), Kante, Dzappakosta (Pedro, 61), Morata (Jiru, 61).
Ogohlantirishlar: Xeyberg (42), Uord-Prouz (44), Azar (64), Bertran (65), Romeu (78), Long (81), Villian (82).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.