«Real» Ronaldu uchun "syurpriz" tayyorlamoqda

«Real» Ronaldu uchun "syurpriz" tayyorlamoqda
Madridning “Real” klubi hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Jamoa rahbariyati Ronalduning so‘ngi uchrashuvlarda ko‘rsatayotgan natijalaridan xursand va unga yangi shartnomani mukofot sifatida sovg‘a qilishni istaydi.

Bu haqda “qaymoqranglilar” bosh direktori Xose Anxel Sanches portugaliyalik futbolchiga ma’lum qilgan. Krishtianu esa bunga javoban taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib olgan.

Demak, yangi kelishuv jahon chempionatidan so‘ng amalga oshishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, Ronalduning yangi shartnomasida maoshi 30+2 million yevroga (bonuslari bilan) oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu joriy mavsum 39 o‘yinda ishtirok etib, 42 ta gol muallifiga aylandi.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.