Endi sport maxsulotlari orasida yangi “Messi” brendi paydo bo‘ladi

Endi sport maxsulotlari orasida yangi “Messi” brendi paydo bo‘ladi
Sudda g‘olib chiqqan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi o‘z nomini savdo markasiga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqida “RBK”ga tayanib asr.uz xabar bermoqda.

Argentinalik futbolchi bunga erishish uchun 2011 yilda ariza topshirgan edi. Biroq, Ispaniyaning velosipedlar ishlab chiqaruvchi “Massi” kompaniyasi bunga norozilik bildirdi. Velobrendning ta’kidlashicha, nomlar bir-biriga juda o‘xshash va tushunmovchilik keltirib chiqarishi mumkin edi. Shundan so‘ng, Yevropa Ittifoqining intellektual mulk idorasi “Massi” kompaniyasi yonini olib, futbolchining arizasini rad qildi. Ammo Messi oradan 7 yil o‘tib, Yevropa Ittifoqi Umumiy sudiga shikoyat qilib, kompaniya ustidan g‘alaba qozonishga erishdi.

Endilikda Messi nomi brendga aylanib, sport tovarlari sohasida ishlatiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.