Futbolchi o‘z darvozasiga 40 metrdan gol urib qo‘ydi (video)

Futbolchi o‘z darvozasiga 40 metrdan gol urib qo‘ydi (video)
Gollandiyalik futbolchi Steyn Spirings o‘z jamoasi darvozasiga 40 metrdan gol urib qo‘ydi, deb xabar bermoqda «Kun.uz» nashri.

Spirings Rotterdamning «Sparta» klubi yarim himoyachisi sanaladi. Uning jamoasi shu shahardan bo‘lgan «Dordrext» bilan Gollandiya chempionati o‘tish musobaqasi doirasida bahs olib bordi.

«Sparta» mehmonda 1:0 hisobida oldinga chiqib olgan edi. Biroq, uchrashuv yakunlarida Spirings raqibidan to‘pni olib qo‘yishga harakat qildi va o‘z darvozasi tomon tasodifan tepib yubordi. Darvozabon to‘pga qo‘li bilan tegish huquqiga ega emasligi haqida o‘ylab, boshi bilan uni qaytarishga urindi, ammo to‘p uning ustidan o‘tib darvozaga kirib ketgan.

Ammo, gollandiyalik yarim himoyachi uzoq qayg‘urmadi – ikki daqiqadan keyin Robert Myuren «Sparta»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.