“Bavariya” futbolchisi JCh-2018 uchun termaga kirmaganini eshitib yig‘lab yubordi

“Bavariya” futbolchisi JCh-2018 uchun termaga kirmaganini eshitib yig‘lab yubordi
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Sandro Vagner o‘zini Germaniya milliy terma jamoasining JCh-2018 o‘yinlari uchun kengaytirilgan tarkibdan joy olmaganini eshitib, ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

Ilgariroq, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov mundialga borishi mumkin bo‘lgan 27 nafar futbolchi ro‘yxatini ma’lum qilgan edi.

Vagner ushbu xabarni klub mashg‘ulotlarida yurgan vaqtda eshitadi va yig‘lab yuboradi. Shundan so‘ng, uning jamoadoshlari futbolchini tinchlantirishga harakat qiladilar.

Ma’lumot uchun, Vagner hozirga qadar “nemis mashinasi” tarkibida jami 8 bahsda maydonga tushgan va 5 ta gol kiritishga erishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.