«Bunyodkor» stadioni atrofidagi panjaralar olib tashlanadi

«Bunyodkor» stadioni atrofidagi panjaralar olib tashlanadi
\"Bunyodkor\" stadioni atrofidagi panjaralar yaqin vaqtlar ichida to‘liq olib tashlanadi. Uff.Uz\'ga ma’lum qilinishicha, o‘yingoh atrofi sayr qilinadigan xududga aylantiriladi.

Ayni vaqtda stadionning Bunyodkor prospektiga qaragan qismidagi panjaralarni olib tashlash ishlari boshlab yuborilgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirga ko‘ra o‘yingoh atrofida sayr qiluvchilar uchun \"Bunyodkor\" muzeyiga kirish imkoni ham taqdim etilishi kutilmoqda.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.