Venger Osiyo klublaridan birini boshqarishi mumkin

Venger Osiyo klublaridan birini boshqarishi mumkin
Foto: “Sports.ru”
Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Yaponiya klublarining biridan taklif oldi.

Xabar berishlaricha, 68 yoshli fransuz mutaxassisi “Vissel Kobe” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin. Ushbu jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri — germaniyalik Lukas Podolski Vengerning shogirdi hisoblanadi. Shuningdek, “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Andres Inyesta ham shu jamoa bilan shartnoma imzolagan.

Aytish kerakki, Venger ilgari ham Yaponiyada faoliyat ko‘rsatgan. U “Arsenal”ga qadar — 1995-1996-yillarda “Nagoya Grampus” klubini boshqargan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.