Arsen Venger: Chempionlik uchun faqatgina «Manchester Siti» yoki «Chelsi» kurashmaydi


Londoning \"Arsenal\" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya chempionatidagi etakchilik borasida gapirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, \"to‘pchilar\"ning hozirgi vaziyatlari jarohatlar bilan bog‘liq ekan.
\"Keling, jadvalga yanvar oyida qaraylik. Hammasi o‘zgarib ketishi mumkin va chempionlik uchun kurash faqatgina \"Manchester Siti\" yoki \"Chelsi\" o‘rtasida bo‘lmaydi. Bizga o‘xshagan jamoalar ularga etib olishlari uchun e’tiborsizlikni susaytirmasliklari kerak bo‘ladi.
\"Arsenal\"ning o‘yini pasaygan demagan bo‘lardim. Jarohatlarimiz bizga qimmatga tushmoqda.
Biz Uolkott, Uilshir, O‘zil, Debyushi, Koselni, Arteta va Jirularni uzoq muddatga yo‘qotishga majbur bo‘ldik\", - deydi The Telegraph nashri Venger so‘zlarini keltirib.
Manba: www.uff.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













