Rossiya terma jamoasi penaltilar seriyasida Ispaniyani mag‘lub qilib chorak finalga chiqdi

Rossiya terma jamoasi penaltilar seriyasida Ispaniyani mag‘lub qilib chorak finalga chiqdi
JCH-2018 1/8 finalida mezbonlar Ispaniya bilan to‘qnash keldi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi o‘yin oxiriga qadar saqlanib qoldi va jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Lotoreyada omad ruslarga kulib boqdi.

Ispanlar o‘yinni ishonchli boshlashdi va 12-daqiqada Sergey Ignashevich avtogol kiritib qo‘yib jamoasini qiyin ahvolga soldi. Nominal maydon egalari 41-daqiqaga kelibgina oradagi muvozanatni tikladi, bu yerda Artyom Dzyuba penaltini aniq amalga oshirdi.

Asosiy vaqt bilan ekstra taymlarda ham hisob o‘zgarmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Akinfeyev ikki to‘p qaytarib Rossiyani chorak finalga olib chiqdi.

JCH-2018 1/8 final

Ispaniya – Rossiya 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0) penaltida 3:4

Gollar:
1:0 – 12, avtogol Ignashevich, 1:1 – 41, penalti Dzyuba.

Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Nacho (Karvaxal, 70), Ramos, Koke, Buskets, Isko, Silva (Inyesta, 67), Asensio (Rodrigo, 104), Diyego Kosta (Aspas, 80).

Rossiya – Akinfeyev, Ignashevich, Kudryashov, Fernandes, Kutepov, Zobnin, Jirkov (Granat, 46), Samedov (Cherыshev, 61), Kuzyayev (Yeroxin, 97), Golovin, Dzyuba (Smolov, 65).

Penalti seriyasi bo‘yicha: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.

Ogohlantirishlar: Pike (40), Kutepov (54), Zobnin (71).

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.