Dide Desham Fransiya terma jamoasida hali hech kim qilolmagan ishni qildi

Dide Desham Fransiya terma jamoasida hali hech kim qilolmagan ishni qildi
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham noyob natija qayd etdi.

Opta statistik nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 48 yoshli mutaxassis Fransiya terma jamoasini ikkita yirik musobaqa finaliga qadar olib bora olgan ilk murabbiyga aylandi. Eslatib o‘tish lozimki, JCh-2018 finalini naqd qilgan Fransiya, bundan 2 yil muqaddam aynan Desham qo‘l ostida o‘z maydonlarida o‘tkazilgan Yevro-2016ning ham finalida ishtirok etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasining finaldagi raqibi bugun bo‘lib o‘tadigan Angliya – Xorvatiya o‘rtasidagi yarim final bahsidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.