Shohjahon Ergashevning raqibi ma’lum bo‘ldi (foto)

Shohjahon Ergashevning raqibi ma’lum bo‘ldi (foto)
Yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev joriy yilda WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgani haqida xabar berganmiz.

«Sports.uz» ma’lum qilishicha, Shohjahon navbatdagi jangini 19 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida o‘tkazadi. O‘sha kuni u ugandalik Juma Vasvaga qarshi jangda «WBA International» kamarini himoya qiladi.
Shohjahon Ergashevning raqibi ma’lum bo‘ldi (foto)
Foto: «Sports.uz»
Ugandalik 37 yoshli bokschi professional boksda 13ta jang o‘tkazgan va shularning 10 tasida g‘alaba qozongan. Vasva ushbu g‘alabalarining 4 tasini raqibni texnik nokautga uchratish orqali qo‘lga kiritgan.

Shohjahon esa shu kungacha professional ringda 13ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 12tasida esa u raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.