Zlatan Bekxem bilan bahs boylashib yutqazdi: bahs nimadan iborat bo‘lgan?

Zlatan Bekxem bilan bahs boylashib yutqazdi: bahs nimadan iborat bo‘lgan?
«Los-Andjeles Gelaksi» klubi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxem bilan bo‘lgan bahs boylashuvi haqida gapirib o‘tdi.

Zlatan va Bekxem JCh-2018 1/4 final Shvetsiya va Angliya o‘yini oldidan bahs boylashgan edi. Bekxem Shvetsiya g‘alaba qozonsa Zlatanni IKEA do‘koniga olib borib, istagan narsasini olib berishi kerak edi.

Shvetsiyalik futbolchi esa Angliya g‘alaba qozonsa, «Uembli»ga Angliya termasi o‘yiniga Bekxem futbolkasida kelib «fish-end-chips» tanovul qilishi kerak edi.

«Devid, biz bahslashgan edik. Men yutqazdim. Endi «Uembli»ga borib, Angliya terma jamoasi o‘yini sening futbolkangda ko‘rib «fish-end-chips» tanovul qilaman.

Menga mag‘lubiyatdan keyin nafas olishga va o‘zimni bosib olish uchun vaqt ber. Lekin hammasi yaxshi. O‘yinni kutaman», - deydi Zlatan.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.