JCh-2018 ning eng chiroyli goli aniqlandi (video)

JCh-2018 ning eng chiroyli goli aniqlandi (video)
Fransiya terma jamoasi himoyachisi Benjamen Pavar tomonidan JCh-2018 1/8 final bosqichida Argentina termasiga qarshi bahsda kiritgan goli turnirning eng chiroyli goli deb topildi.

Qayd etish joiz, Pavar bu borada g‘olib chiqqan dastlabki yevropalik futbolchi bo‘ldi. Umuman, bu sovrin 2006 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, o‘sha yili Maksi Rodriges (Argentina), 2010 yilda Diyego Forlan (Urugvay) va 2014 yilgi mundialda Xames Rodrigeslarning (Kolumbiya) gollari eng chiroylisi deb topilgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.