Mirjalol Qosimov: "Shogirdlarim bilan faxrlanaman"

Mirjalol Qosimov: "Shogirdlarim bilan faxrlanaman"
Superliganing 19-turi doirasida \"Lokomotiv\"ga qarshi kechgan bahsdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida \"Bunyodkor\" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
\"Lokomotiv\"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun chiroyli o‘yin bo‘ldi. Shogirdlarim men xohlagan o‘yinni namoyish qilib berdi. Biroq men kutgan natija bo‘lmadi. Shunday o‘yinlar futbolchilarga ulkan tajriba beradi, bu esa kelajakda asqotadi. Shogirdlarimdan faxrlanaman.

Sanjar Qodirqulov? Ha, u mavsumni yaxshi boshlagandi. Ammo hozirgi vaqtda Xurshid bidan Murod men talab qilgan darajada o‘yin namoyish qilmoqda\", - dedi Qosimov.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.