Alvares Kovalevni nokautga uchratdi va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Alvares Kovalevni nokautga uchratdi va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi
WBO yarim og‘ir vazn toifasida chempion Sergey Kovalev kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilib nokautga uchradi va chempionlik kamaridan mahrum bo‘ldi.

7 raundning o‘zidayoq Alvares rossiyalik bokschini ikki marotaba nokdaunga uchratganidan so‘ng hakam bahsni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Eleyder prof faoliyati davomida 24 ta bahsda ishtirok etib biror marta ham yengilmagan. Kovalev 32 ta jang o‘tkazib 3 marta mag‘lub bo‘lgan va 1 ta uchrashuvi durang natija bilan yakunlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.