Mirjalol Qosimov: “Birinchi bo‘limda ”So‘g‘diyona“ nozik jihatlarimizdan foydalandi”

Mirjalol Qosimov: “Birinchi bo‘limda ”So‘g‘diyona“ nozik jihatlarimizdan foydalandi”
“Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 22-turi doirasida “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

\"Ikki hil bo‘limni kuzatdik. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamadi. Raqiblar nozik joylarimiz bo‘lgan standart vaziyatlardan gollar urishdi. Ikkinchi taymda esa shogirdlarim men kutgan o‘yinni namoyish qilishdi. Bahsni yutib ketishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘lim muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Durang ikki jamoa uchun ham yaxshi natija bo‘ldi.

Ruhiy tayyogarlik? O‘ziga yarasha ta’sir qiladi. Kimdur buni tushunishi mumkin, kimdur esa jadvalga qaraydi. Issiq-sovuqqa qarab deyishadiku. Shunga qaramasdan, ikkinchi bo‘limda g‘alaba uchun o‘ynaganimiz ko‘rindi\", - dedi Qosimov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.