Murodjon Ahmadaliyevni ertaga jiddiy sinov kutib turibdi

Murodjon Ahmadaliyevni ertaga jiddiy sinov kutib turibdi
So‘nggi yillarda professional bokschilarimiz AQSH va Rossiyada o‘tayotgan turli boks kechalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘alabalarga erishmoqdalar.

Ana shunday bokschilardan biri Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyevdir. U professional ringdagi navbatdagi jangini 23 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtatida o‘tkazadi.

Murodjonga mazkur boks kechasida chililik Ramon Kontrerasga qarshilik ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev bungungi kunga qadar uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. 33 yoshli Kontreras esa 15 jangda g‘alaba qozonib 6 tasida mag‘lub bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.