Yopiq eshiklar ortida o‘tgan ilk mashg‘ulot yoxud Ektor Kuper o‘z ishini boshladi (FOTO)

Yopiq eshiklar ortida o‘tgan ilk mashg‘ulot yoxud Ektor Kuper o‘z ishini boshladi (FOTO)
Avval xabar berilganidek, Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan Toshkentda yig‘in boshladi. Yig‘inga jalb qilingan futbolchilar poytaxtimizdagi “Jar” stadionida birinchi mashg‘ulotni o‘tkazishdi.

Aytish lozimki, ilk kungi mashg‘ulotlar argentinalik mutaxassisning talabi bilan OAV xodimlari uchun yopiq tarzda o‘tkazildi.

Dastavval, Kuper futbolchilar bilan birma-bir tanishib chiqdi. Keyin mashg‘ulotlarga start berildi.
Yopiq eshiklar ortida o‘tgan ilk mashg‘ulot yoxud Ektor Kuper o‘z ishini boshladi (FOTO)
Mashg‘ulot davomida Ektor Kuperga uning yordamchilari Xose Karlos Fantagussi, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad yordam berishdi. Avvaliga futbolchilar yengil chigalyozdi mashqlarini olib borishdi. Keyin futbolchilar pozitsiyalariga ko‘ra guruhlarga bo‘linishdi. Har bir guruh bilan alohida mashq o‘tkazildi.
Yopiq eshiklar ortida o‘tgan ilk mashg‘ulot yoxud Ektor Kuper o‘z ishini boshladi (FOTO)
Darvozabonlar bilan “Nasaf”dan chaqirilgan murabbiy Denis Ivankov ishladi. Keyin futbolchilar maydonning yarmida ikkiga bo‘lingan holda futbol o‘ynashdi. Mashg‘ulotdan keyin futbolchilar muz to‘ldirilgan basseynga tushib, tiklanish mashqlarini davom ettirishdi.
Yopiq eshiklar ortida o‘tgan ilk mashg‘ulot yoxud Ektor Kuper o‘z ishini boshladi (FOTO)
Mashg‘ulotlar quvnoq kayfiyatda o‘tganini, futbolchilar yangi murabbiy ko‘z o‘ngida astoyidil mehnat qilishganini ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
Yopiq eshiklar ortida o‘tgan ilk mashg‘ulot yoxud Ektor Kuper o‘z ishini boshladi (FOTO)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.