La Liga. “Real” klubi “Leganes” ustidan yirik gʻalabaga erishdi

La Liga. “Real” klubi “Leganes” ustidan yirik gʻalabaga erishdi
Ispaniya chempionati 3-turida “Real Madrid” “Leganes” ustidan yirik gʻalabaga erishdi. “Santyago Bernabeu”da oʻtgan oʻyin 4:1 hisobida maydon egalari foydasiga hal boʻldi.

Mezbonlar tarkibida Beyl hamda Ramos 1tadan gol urgan boʻlsa, Benzema dubl qayd etdi. Mehmonlarning yagona goli Karrilo tomonidan kiritildi.

Real Madrid – Leganes 4:1 (1:1, 3:0)

Gollar:
1:0 – 17 Beyl, 1:1 – 24, penalti Karrilo, 2:1 – 48 Benzema, 3:1 – 61 Benzema, 4:1 – 66, penalti Ramos.

Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Asensio (Sebalos, 78), Modrich (Isko, 62), Beyl (Vaskes, 85), Benzema.

Leganes – Kuelyar, Bustinsa, Silva, Xuanfran, Siovas, El-Jar (En-Nesiri, 70), Peres, Gumbau, Eraso (Mikel Vesga, 69), Santos (Rolan, 81), Karrilo.

Ogohlantirishlar: Modrich (3), Santos (27).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.