Jon Terri faoliyatini “Spartak”da davom ettiradigan boʻldi

Angliyalik himoyachi Jon Terri tez orada Moskvaning “Spartak” klubi aʼzosiga aylanishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Marsioning oʻz saytida xabar berishicha, bugun ertalab futbolchi Rimdagi “Villa Styuart” klinikasida tibbiy koʻrikdan oʻtgan. Tekshiruv xulosalari ijobiy chiqqan va endilikda tomonlar bir yillik mehnat shartnomasiga imzo chekishadi. Bitim muddati ikki tomonning kelishuvi bilan yana uzaytirilishi mumkinligi aytilmoqda.
Kecha Daily Mail nashri Terri bilan intervyuni eʼlon qilgan edi, unda futbolchi Moskva klubiga oʻtishi haqida ogʻiz ochmagan. Aksincha, “Aston Villa”ga qaytish ehtimoli borligiga ishora qilgan.
Jon Terri asosan “Chelsi” klubi va Angliya terma jamoasidagi faoliyati bilan nom qozongan. 37 yoshli futbolchi faoliyatining asosiy qismini “koʻklar” safida APLning 19 ta mavsumida ishtirok etgan. U oʻtgan mavsumni “Aston Villa” tarkibida oʻtkazib, Chempionshipda 32 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Jurnalist Janluka Di Marsioning oʻz saytida xabar berishicha, bugun ertalab futbolchi Rimdagi “Villa Styuart” klinikasida tibbiy koʻrikdan oʻtgan. Tekshiruv xulosalari ijobiy chiqqan va endilikda tomonlar bir yillik mehnat shartnomasiga imzo chekishadi. Bitim muddati ikki tomonning kelishuvi bilan yana uzaytirilishi mumkinligi aytilmoqda.
Kecha Daily Mail nashri Terri bilan intervyuni eʼlon qilgan edi, unda futbolchi Moskva klubiga oʻtishi haqida ogʻiz ochmagan. Aksincha, “Aston Villa”ga qaytish ehtimoli borligiga ishora qilgan.
Jon Terri asosan “Chelsi” klubi va Angliya terma jamoasidagi faoliyati bilan nom qozongan. 37 yoshli futbolchi faoliyatining asosiy qismini “koʻklar” safida APLning 19 ta mavsumida ishtirok etgan. U oʻtgan mavsumni “Aston Villa” tarkibida oʻtkazib, Chempionshipda 32 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













