Modrich: “Real” jahonning eng yaxshi klubi, uni nega tark etishim kerak?

Modrich: “Real” jahonning eng yaxshi klubi, uni nega tark etishim kerak?
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich “qirollik klubi”ni tark etish niyati yoʻq ekanligini aytdi.

“Real”dan ketish? Men bu haqda umuman oʻylaganim yoʻq. Bu jahondagi eng yaxshi klub sanaladi. Nimaga uni tark etishim kerak?\", - dedi xorvatiyalik futbolchi.

Eslatib oʻtamiz, yozgi transfer bozori vaqtida Modrichning “Inter”ga oʻtishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Uning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilgacha moʻljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.