Shota Arveladze: “Oldinda 10 ta final kutib turibdi”

Shota Arveladze: “Oldinda 10 ta final kutib turibdi”
“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze Superliga 23-turi doirasida Namanganda “Navbahor”ga qarshi uchrashuvdan avval oʻz fikrlarini aytib oʻtdi.

\"Endi raqib kimligining ahamiyati qolmadi, chunki hal qiluvchi bosqich boshlanmoqda. Bizni oldinda 10 final oʻyini kutmoqda. Har bir jamoa unda oʻzining eng yaxshi jihatlarini koʻrsatishga intiladi. Oʻyinlar yanada shiddatli oʻtishini kutyapman.

Doimgidek “Paxtakor” chiroyli va muxlislarga yoqadigan futbol namoyish qilish uchun bor kuchini ishga soladi. Jamoa hamisha bunga intiladi. Maqsadimiz har bir bellashuvda gʻalaba qozonish. Namanganda ham buni uddalaymiz degan umiddaman\", - dedi gruziyalik mutaxassis.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.