“Navbahor” oʻzining muxlislari sabab 25 mln soʻm jarima toʻlaydi

“Navbahor” oʻzining muxlislari sabab 25 mln soʻm jarima toʻlaydi
PEPSI Superliga 23-tur uchrashuvlari doirasidan oʻrin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” bahsi davomida mahalliy muxlislar A. Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhini bir necha bor nomaqbul soʻzlar bilan haqorat qilishdi.

Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi boʻlimida muxlislar oʻtirgan sektorlardan ommaviy ravishda maydonga turli buyumlar, suv idishlari uloqtirildi.

Qayd etish joizki, “Navbahor” muxlislari bungacha “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Neftchi” jamoalariga qarshi kechgan safar uchrashuvlaridagi salbiy xulqi uchun ogohlantirilgan edi. Biroq “Navbahor” FK rahbariyati avvalgi ogohlantirishlarga qaramasdan, muxlislar bilan ijobiy ishlar olib bormagani 23-tur oʻyinida yaqqol bilindi.

Shuni inobatga olib, Musobaqalar reglamentining “Klublar, klublar rahbarlari va futbolchilar majburiyatlari” boʻlimining 8.3 bandini, qolaversa, “Intizomiy va jarimalar kodeksi” 1-boʻlim 5.9 bandini qoʻpol ravishda buzgani uchun avvalgi ogohlantirishlar inobatga olingan holda “Navbahor” FK 25 000 000 soʻm miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Agar ushbu holat yana bir bor takrorlansa, “Navbahor” klubi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz – boʻsh stadionda oʻtkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.