Boks. “Cuba Domadores” finalda “Astana Arlans”ni yengib WSB chempioniga aylandi

Boks. “Cuba Domadores” finalda “Astana Arlans”ni yengib WSB chempioniga aylandi
Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumida Kubaning Cuba Domadores jamoasi bokschilari gʻalaba qozonishdi.

Kubaliklar guruh bosqichinining A kvartetidan joy olib, Oʻzbekistonning Uzbek Tigers, Kolumbiyaning Colombia Heraicos va Venusuelaning Caciques Venezuela kabi jamoalarni ortda qoldirgan holda birinchi oʻrin bilan yarim finalga yoʻl olishdi.

Ushbu bosqichda Fransiyaning France Fighting Roosters jamoasini taslim etishdi. Hal qiluvchi bahsda esa WSBʻning uch karra gʻolibi va oʻtgan mavsum chempioni Qozogʻistonning Astana Arlans jamoasi vakillari ustidan 7:3 hisobi bilan muvaffaqiyat qozonib, musobaqaning yangi gʻolibiga aylanishdi. Aytish joizki, ushbu gʻoliblik Kuba jamoasi uchun uchinchisi boʻldi va ular bu borada musobaqada eng koʻp gʻolib boʻlgan Qozogʻiston bokschilariga yetib olishdi.

Eslatib oʻtamiz, final janglarining birinchi qismi, yaʼni 49, 56, 64, 75 va 91 kg.gacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagisi 26 sentyabr kuni Xitoyning Syamin shahrida, ikkinchi qismi, yaʼni 52, 60, 69, 81 va 91 kg.gacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagisi esa kecha Jingjiyang shahrida boʻlib oʻtdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.