Ronaldu va Messi FIFA prezidentining jahlini chiqardi

Ronaldu va Messi FIFA prezidentining jahlini chiqardi
FIFA prezidenti Janni Infantino “The Best” taqdirlash marosimida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messilarning koʻrinish bermaganidan norozi boʻlmoqda.

As nashri tarqatgan xabarga koʻra, Infantino FIFA yuridik boʻlimiga taqdirlash marosimida barcha nominatsiyalar nomzodlari jam boʻlishini taʼminlaydigan choralar koʻrib chiqishni buyurgan.

Messi bu mavsum yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun nominantlar uchligiga kiritilmadi va Londonga kelmadi. Mazkur roʻyxatdan joy olgan Krishtianu Ronaldu ham marosimga kelgani yoʻq.

Ammo ularning har ikkisi yil ramziy jamoasidan oʻrin olgan edi va ular uchun topshirilgan mahsus sovrin Ronaldino va Mixael Ballaklarga topshirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.