Maradona Messiga terma jamoaga qaytmaslikni maslahat bermoqda

Maradona Messiga terma jamoaga qaytmaslikni maslahat bermoqda
Argentina termasi afsonasi Diyego Maradona jamoa sardori Lionel Messiga xalqaro faoliyatini yakunlashni maslahat berdi.

«Men Messiga umuman termaga qaytmaslikni maslahat bergan boʻlardim. Terma jamoada hamma narsaga uni aybdor qilishadi. Hatto yoshlar termasi magʻlub boʻlsa ham...

Biroz oʻzni chetga olib, hammasi uchun javobgarlikni kim boʻyniga olishini kuzatib turadigan vaqt keldi. Argentina terma jamoasi ortiq meni ruhlantirmay qoʻydi. Bu hammaga taalluqli. Biz kuchli shijoatni yoʻqotib qoʻydik», - deya taʼkidlagan Maradona.

Eslatib oʻtamiz, 31 yoshli Messi Argentina terma jamoasining sentyabr oyida boʻlib oʻtgan Gvatemala (3:0) va Kolumbiyaga (0:0) qarshi uchrashuvlariga jalb etilmagan, avvalroq oktyabr oyidagi Iroq va Braziliyaga qarshi bahslarga ham chaqirilmasligi maʼlum boʻlgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.