Yurgen Klopp: Anchelotti - “ayyor tulki”

Yurgen Klopp: Anchelotti - “ayyor tulki”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Napoli”ga qarshi YECHL guruh bosqichi 2-tur oʻyini oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

– Men Karloni juda hurmat qilaman. U menga murabbiy sifatida yoqadi. Bu mutaxassis jahon darajasidagi murabbiy. Germaniyada gaplashganimday u “ayyor tulki”. Biz ajoyib jamoa va joʻshqin muxlislarga qarshi oʻynaymiz. Men bu yerda “Napoli” va bizning oʻrtamizdagi farqni koʻrmayapman. Stadiondagi atmosferani tariflashga til ojiz. “Napoli” ana shunday atmosferada oʻynay oladigan jamoa, – deydi Klopp matbuot anjumanida.

Eslatib oʻtamiz, “Liverpul” guruhda yetakchilik qilmoqda. Neapolliklar esa ikkinchi oʻrinda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.