Shahram G‘iyosov AQShga jo‘nab ketdi (foto)

Shahram G‘iyosov AQShga jo‘nab ketdi (foto)
Boks bo‘yicha jahon chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan sportchimiz Shahram G‘iyosov AQShga jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, faoliyatida hozircha eng oxirgisi bo‘lib turgan jangni 22 sentyabr kuni Londondagi \"Uembli\" stadionida nikaragualik Xulio Lagunaga qarshi o‘tkazgan va raqibini to‘rtinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Endi esa u navbatdagi jangini o‘tkazish uchun yana okeanortiga yo‘l oldi. Hozircha navbatdagi jang sanasi va raqib hozircha noma’lum.

Sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga boshqa bir professional bokschimiz Ulug‘bek Haqberdiyev bilan birga tushgan suratini joylashtirgan va \"Hayr O‘zbekiston, Salom Amerika! Ko‘rishguncha, Vatanim!\" deb izoh qoldirgan.
Shahram G‘iyosov AQShga jo‘nab ketdi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.