Belgiya U-19 bosh murabbiyi: “Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi juda yaxshi himoyalandi”

Belgiya U-19 bosh murabbiyi: “Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi juda yaxshi himoyalandi”
Belgiya U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Jeki Matisson Oʻzbekiston U-17 termasiga qarshi kechgan uchrashuvdan (1:1) soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

\"Oʻzbekiston terma jamoasi juda yaxshi himoyalandi. Raqib bizga erkin harakatlanish imkoniyatini bermadi. Biz boʻsh zonalar tashkil qilish uchun kurashdik, biroq bu koʻngildagidek chiqmadi.

Balki sizning oʻyin falsafangiz shuning ustiga qurilgandir. Biz esa hujumkor futbolni yoqtiramiz. Ikkinchi boʻlimda tarkibni deyarli yangiladik, hisobni tenglashtirdik. Biroq boshqasiga imkon boʻlmadi.

Biz Ispaniyaga 4 kunga kelgandik. Raqibimiz faqatgina Oʻzbekiston edi. Oʻylashimcha, uchrashuv biz uchun foydali boʻldi. Endi rasmiy turnirga tayyorgarlik koʻramiz. Oldinda Malta, Litva va Fransiyaga qarshi qiyin uchrashuvlar kutib turibdi\", - deydi Jeki Matisson.

Manba: t.me/diyorimamkhodjaev
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.