Lopetegi «Real» futbolchilari bilan xayrlashdi

Lopetegi «Real» futbolchilari bilan xayrlashdi
«Real» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi La Liga doirasidagi «Barselona»ga (1:5) qarshi o‘yindan so‘ng, iste’foga chiqarib yuborilishi xavfi borligi tufayli, jamoa bilan xayrlashdi.

Marca xabariga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassis futbolchilarga minnatdorchilik izhor qildi va yaxshi tilaklarini bildirdi. Shuningdek, «har ehtimolga qarshi sizlar bilan xayrlashaman», dedi.

Avvalroq, Lopetegi iste’foga chiqarilishi va uning o‘rniga Antonio Konte tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.